date

Slutskiy boshchiligidagi Shanxay Shenxua OCHLda yana yutqazdi

Slutskiy boshchiligidagi Shanxay Shenxua OCHLda yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqarayotgan “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasida navbatdagi uchrashuvni ham ochkosiz yakunladi. Xitoy klubi umumiy bosqichning 6-turida safarda “Sanfrecce Hirosima”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yin taqdirini 78-daqiqada mezbonlar hal qildi: himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan g‘alaba golini urdi. Bu mag‘lubiyat “Shanxay Shenxua” uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo‘ldi.

Olti turdan so‘ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. “Hirosima” esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slutskiy boshchiligidagi Shanxay Shenxua OCHLda yana yutqazdi