Kompani 39 yoshli Djekoning Shalkega o‘tishini baholadi

Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani 39 yoshli hujumchi Edin Djekoning “Shalke”ga transferi yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kompaniyaga ko‘ra, Djekoning bu yoshda ham yuqori darajada o‘ynab kelayotgani avvalo uning professionalligi bilan izohlanadi. Mutaxassis Manuel Noyer bilan ham tez-tez futbolchilarning yillar o‘tgan sayin sport formasini saqlab qolishi mavzusini muhokama qilishlarini ta’kidladi.
“Bu bosqichda uning transferi ‘Shalke’ uchun juda muhim bo‘lishi mumkin. Djekoga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman”, — dedi Kompani klub matbuot xizmati bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Edin Djeko va Vensan Kompani 2011–2015 yillarda “Manchester Siti” safida birga to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing