Slutskij jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskij boshqaruvidagi «Shanxay Shenxua» Osiyo Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 6-turida safarda «Xirosima»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona va hal qiluvchi gol 78-daqiqada kiritildi: mezbonlar safida himoyachi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Bu maglubiyat xitoy klubi uchun turnirdagi ketma-ket uchinchi yutqazish bo‘ldi.
Olti turdan so‘ng «Shanxay Shenxua» 4 ochko bilan jadvalda 11-o‘rinda bormoqda. «Xirosima» esa 11 ochko jamg‘argan holda uchinchi pog‘onani egallab turibdi.