date

Militao jarohati sabab jahon chempionatini o'tkazib yuboradi

Militao jarohati sabab jahon chempionatini o'tkazib yuboradi

"Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Eder Militao sog'lig'i bilan bog'liq jiddiy muammoga duch keldi. Futbolchining avvalgi jarohatidan so'ng o'tkazilgan jarrohlik amaliyoti o'rnidagi chandiq ochilib ketgani ma'lum bo'ldi. Shu sababli braziliyalik himoyachi yaqin vaqt ichida takroriy operatsiya qilinishi zarurligi xabar qilinmoqda.

Agar Militao yana jarrohlik stoliga yotadigan bo'lsa, u Braziliya terma jamoasi safida bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralash o'yinlarini o'tkazib yuboradi. Bu holat futbolchi uchun mavsumning eng muhim pallasida katta yo'qotish bo'lishi kutilmoqda.

Mundialda ishtirok etishni maqsad qilgan ko'plab futbolchilar uchun ayni damda mavsumning eng xavfli davri davom etmoqda. Bunday og'ir jarohatlar haqidagi xabarlar fonida boshqa o'yinchilar ham maydonda o'zlarini ehtiyot qilib harakat qilishlari tabiiy holatga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Militao jarohati sabab jahon chempionatini o'tkazib yuboradi