"Manchester Siti" Gvardiolaga oʻrinbosar izlamoqda: kim asosiy nomzod?

"Manchester Siti" Gvardiolaga oʻrinbosar izlamoqda: kim asosiy nomzod?
Qisqacha

"Manchester Siti" rahbariyati Xosep Gvardiolaning o'rnini bosishi mumkin bo'lgan munosib nomzodlarni ko'rib chiqishni boshladi. Hozirda asosiy e'tibor klubning sobiq yordamchi murabbiyi Enzo Mareskaga qaratilgan bo'lib, uning taktik qarashlari jamoa uslubiga to'liq mos kelishi ta'kidlanmoqda. Nomzodlar orasida Vensan Kompani ham bor, biroq Mareskaning klub ichki tizimini yaxshi bilishi uning imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Gvardiolaning shartnomasi 2027-yilgacha amal qilishini inobatga olsak, bu izlanishlar klubning kelajakdagi barqarorligini ta'minlashga qaratilgan uzoq muddatli reja hisoblanadi.

Angliya grandlaridan biri "Manchester Siti" kelajakni hisobga olgan holda murabbiylar masalasini oʻrganishni boshladi. Klub sport direktori Ugo Viana hozirdanoq Xosep Gvardiolaning ehtimoliy oʻrinbosarlari boʻyicha tahlil ishlarini olib bormoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, “shaharliklar” bir nechta kuchli nomzodlarni koʻrib chiqmoqda. Ular orasida "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani hamda ilgari "Chelsi"ni boshqargan Enso Mareska bor.

Manbalarga koʻra, klub ayni paytda aynan Mareska nomzodiga ustuvor ahamiyat bermoqda. Bunga asosiy sabab sifatida uning taktik qarashlari, zamonaviy futbol falsafasini chuqur anglashi va "Manchester Siti" uslubiga mos kelishi koʻrsatilmoqda. Shuningdek, italiyalik mutaxassisning hozirda erkin agent ekani ham klub uchun qulay variant hisoblanmoqda.

Qiziq jihati shundaki, Enso Mareska 2022–2023 yillarda aynan "Manchester Siti"da yordamchi murabbiy sifatida ishlab, jamoa ichki tizimini yaxshi oʻzlashtirgan. Bu omil ham uning imkoniyatlarini oshirmoqda.

Shu bilan birga, Xosep Gvardiolaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha moʻljallangan. Demak, hozirgi izlanishlar tezkor almashtirish emas, balki kelajakni rejalashtirish doirasida olib borilmoqda.

Qisqacha aytganda, “Manchester Siti” rahbariyati barqarorlikni saqlagan holda, kelgusi davr uchun ham mustahkam poydevor yaratishga harakat qilmoqda. Mareska esa bu yoʻlda asosiy figuraga aylanishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar