Bavariya Upamekano bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokarani davom ettirmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi markaziy himoyachi Dayo Upamekano bilan yangi shartnoma borasida hozircha yakuniy kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda jurnalist Maksimilian Kox xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tomonlar asosan ikki masalani muhokama qilmoqda: kelishuvning amal qilish muddati va shartnomani muddatidan oldin bekor qilish shartlari. Klub futbolchini 2030 yoki 2031 yilgacha jamoada qoldirish variantlarini ko'rib chiqyapti. Ikkinchi band bo'yicha esa band 2027 yildan (futbolchi tomoni) yoki 2028 yildan (klub tomoni) kuchga kirishi masalasi turibdi.
Moliyaviy jihatlar deyarli kelishib olingan: Upamekanoga yiliga 20 million yevro maosh hamda shuncha miqdorda imzo bonusi ko'zda tutilgan. Muzokaralarda bir oylik kechikish bo'lsa-da, himoyachining klubda qolish ehtimoli yuqori ekani ta'kidlanmoqda.
Joriy mavsumda 27 yoshli fransuz 24 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urdi, 1 assist qayd etdi va 7 bor ogohlantirish oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!