date

Barselona Genkdan yosh markaziy himoyachi topdi

Barselona Genkdan yosh markaziy himoyachi topdi

"Barselona" Belgiyaning "Genk" klubida top surayotgan markaziy himoyachi Yuvenlsli Onsteynni o'z safiga qo'shib olishga yaqin. Insayder Matteo Moretto xabariga ko'ra, tomonlar transfer shartlari bo'yicha kelishuvga yaqinlashgan, 18 yoshli futbolchining o'zi ham "ko'k-anorranglilar" taklifiga rozilik bildirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Niderlandiyalik iqtidor hozircha "Genk"ning ikkinchi jamoasida o'ynaydi va asosiy tarkibda debyut qilmagan. Shunga qaramay, Kataloniya klubi uning salohiyatiga ishonmoqda va futbolchi uchun uzoq muddatli rivojlanish rejasini ishlab chiqmoqda.

Onsteyn "Yong Genk" safida Belgiya ikkinchi ligasida 20 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Markazda to'p surishdan tashqari, himoyaning chap qanotida ham o'ynay oladi. Avvalroq u "Ayaks" akademiyasida tarbiya olgan, Transfermarkt sayti esa futbolchini 200 ming yevroga baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Genkdan yosh markaziy himoyachi topdi