date

Konseysau Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga hali ham zarur dedi

Konseysau Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga hali ham zarur dedi

“Yuventus” vingeri Fransishku Konseysau Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi uchun qay darajada muhim ekani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

40 yoshli “Al-Nasr” hujumchisi saralash uchrashuvlarida besh bor gol urib, Portugaliyaga 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘l olishda katta hissa qo‘shdi.

Konseysau “Portugaliya Ronaldu bo‘lmasa yaxshiroq o‘ynaydi” degan gaplarga munosabat bildirib, har kimning o‘z qarashi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq u Ronaldu jamoa uchun qilgan va hozir ham qilayotgan ishlari bilan beqiyos qiymatga ega ekanini qayd etdi.

“Faktlarni inkor etib bo‘lmaydi. Agar u muntazam gol urishda davom etsa, jamoaga shubhasiz ulkan foyda keltiradi”, — deya Konseysau so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya 2026 yilgi JChda O‘zbekiston va Kolumbiya bilan bir guruhda o‘ynaydi. Guruhdagi uchinchi raqib pley-off natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konseysau Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga hali ham zarur dedi