Musiala jarohatdan so'ng maydonga qaytib, o'zini tirik his qildi

Myunxenning «Bavariya» jamoasida hujumkor yarim himoyachi bo'lib to'p suradigan Jamal Musiala jarohatdan keyin yana maydonga qaytgani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«O'zimni tirik his qilyapman. Futbolni chetdan tomosha qilish emas, maydonda bo'lish menga yoqadi. Bunday jarohatdan keyin ko'p narsani yanada chuqurroq anglaysan. Endi faoliyatimda yangi sahifa boshlanyapti va yanada kuchliroq bo'lishga umid qilaman», — deya futbolchining so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Musiala uzoq tanaffusdan so'ng ilk bor 17 yanvar kuni maydonga tushdi.
«Bavariya» navbatdagi uchrashuvini uyda «Augsburg»ga qarshi o'tkazadi. O'yin bugun, 24 yanvar kuni bo'lib o'tadi va start hushtagi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!