date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yo‘l oldi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surib, hatto Argentinaning ikkinchi divizionida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi esa Trezege klubga boshqa maqomda — rahbariyat tarkibida qaytmoqda. “River Pleyt” uni butun boshqaruv jamoasi ishtirokida rasman tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.

Ta’kidlanishicha, fransuz mutaxassis klubning strategik masalalari bilan shug‘ullanadi hamda “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qiladi. Eslatib o‘tamiz, Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga qaytdi