Oʻzbekistonda investitsiyalar hajmi 156 trln soʻmdan oshdi

1 daqiqa o'qish187
Oʻzbekistonda investitsiyalar hajmi 156 trln soʻmdan oshdi

2026 yil yanvar–mart oylarida Oʻzbekistonda asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 156,3 trillion soʻmni tashkil etdi.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 29,6 foizga oʻsgan. Ushbu oʻsish mamlakatda iqtisodiy faollik va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan ishlar kuchayganini koʻrsatadi.

Investitsiyalar tarkibida eng katta ulush xorijiy sarmoyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlarga toʻgʻri kelib, ular 107,6 trillion soʻmni tashkil etgan. Shu bilan birga, korxonalarning oʻz mablagʻlari 20,5 trillion soʻmni tashkil etgan.

Davlat kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar 10,8 trillion soʻmga teng boʻlgani qayd etildi. Aholi mablagʻlari hissasi 8,7 trillion soʻmni, tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablagʻlari esa 4,2 trillion soʻmni tashkil etgan.

Bundan tashqari, respublika budjeti hisobidan 3,9 trillion soʻm, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan esa 566,3 milliard soʻm investitsiya kiritilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?