Yulduz Usmonova nega bir libosni qayta kiymasligini sababini ochiqladi

Yulduz Usmonova nega bir libosni qayta kiymasligini sababini  ochiqladi
Qisqacha

Yulduz Usmonova 20 kunlik koncert dasturi davomida bir xil libosni qayta kiyishning salbiy ta'sirini tushuntirdi. U sahnadagi faol harakatlar tufayli liboslar tez eskirishi va o'z ko'rinishini yo'qotishini aytdi. Shuningdek, har bir chiqishdan so'ng liboslar maxsus tozalanishi kerak, bu ham ularning sifatiga ta'sir qiladi. Shuning uchun, u liboslarni odatda 3-4 marta kiyilgandan so'ng yangilanishini ta'kidlagan.

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova oʻzining 20 kunlik konsert dasturi davomida sahnadagi obrazlari haqida fikr bildirdi.

Xonandaga turli liboslarda chiqishi haqida berilgan savolga u batafsil javob qaytargan.

Uning aytishicha, uzoq davom etadigan konsertlar paytida bir xil libosni qayta-qayta kiyish uning holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Ayniqsa, sahnadagi faol harakatlar tufayli liboslar tez eskiradi va oʻz koʻrinishini yoʻqotadi.

Yulduz Usmonova nega bir libosni qayta kiymasligini sababini  ochiqladi

Shuningdek, har bir chiqishdan keyin liboslar maxsus tozalashdan oʻtkaziladi, bu ham ularning sifatiga taʼsir qilishi mumkin.

Shu sababli xonanda liboslar odatda 3–4 marta kiyilgandan soʻng yangisiga almashtirilishini taʼkidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar