Argentinaning Kilmes klubi stadionini yangilashga fanatlarni chorlayapti

1887 yilda tashkil topgan «Kilmes» Argentinadagi eng qadimiy klublardan biri sanaladi. Shu bois jamoaning muxlislari ko‘p, biroq hozir klub og‘ir davrni boshdan kechirmoqda va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbariyati stadionni qayta qurish rejasini e’lon qilib, muxlislarga noodatiy taklif bilan murojaat qildi: gap pul yig‘ish haqida emas. «Kilmes» fanatlarni an’anaviy usulda — stadionga kelib, ta’mirlash va qayta jihozlash ishlarida bevosita mehnat qilishga chaqirmoqda.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz bo‘lishiga qaramay, muxlislar klub chaqirig‘iga mamnuniyat bilan javob berib, ishga kirishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing