Zaytun yurak salomatligini yaxshilab, xolesterinni muvozanatlaydi

Salomatlik1 daqiqa o'qish323
Zaytun yurak salomatligini yaxshilab, xolesterinni muvozanatlaydi

Sogʻlom turmush tarzini saqlashda ozuqa tanlovi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mutaxassislar fikricha, kundalik ratsionga zaytun qoʻshish yurak-qon tomir tizimi uchun katta foyda keltirishi mumkin. Amerikalik kardiolog Brett A. Silave bu mahsulotning yashirin, ammo muhim foydali jihatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Shifokor taʼkidlashicha, zaytun tarkibida mavjud boʻlgan sogʻlom yogʻlar, ayniqsa olein kislotasi organizmdagi xolesterin muvozanatini yaxshilashga xizmat qiladi. U past zichlikdagi lipoprotein (yaʼni “yomon” xolesterin) miqdorini kamaytirib, aksincha, yuqori zichlikdagi lipoprotein (“yaxshi” xolesterin) darajasini oshirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, olein kislotasi yalligʻlanish jarayonlarini pasaytirish xususiyatiga ham ega. Bu esa qon tomirlarida xavfli plakalar paydo boʻlishining oldini olish, ularning elastikligini saqlab qolish va qon bosimini barqarorlashtirishga yordam beradi. Natijada yurak kasalliklari rivojlanish xavfi sezilarli darajada kamayadi.

Mutaxassislar zaytun faqat yogʻlar bilan cheklanmasligini ham taʼkidlamoqda. Uning tarkibida tola, antioksidantlar kabi organizm uchun zarur boʻlgan bir qator ozuqaviy moddalar mavjud. Bu elementlar umumiy salomatlikni qoʻllab-quvvatlashda muhim rol oʻynaydi.

Brett A. Silave soʻzlariga koʻra, zaytunda temir va mis kabi minerallar ham bor. Ular qizil qon tanachalarining toʻgʻri ishlashini taʼminlaydi, immun tizimini mustahkamlaydi va yurak faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi.

Qisqacha aytganda, zaytunni muntazam isteʼmol qilish nafaqat mazali odat, balki sogʻliq uchun aqlli investitsiya hamdir. Kichik bir mahsulot — katta foyda, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?