David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege Argentinaga yana qaytdi. U avvalroq «River Pleyt» safida to‘p surib, hatto Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endilikda Trezege klubga maydondagi rol uchun emas, balki rahbariyat tarkibida ishlash uchun kelmoqda. «River Pleyt» uni butun boshqaruv jamoasi ishtirokida tanishtirish marosimi orqali ommaga taqdim etdi.
Trezege klubdagi aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi, biroq u strategik masalalar bilan shug‘ullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qilishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing