Djikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

Antalyaspor himoyachisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiya bilan hammasi joyida va klub unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani sababi — mikrojaroqat bo‘lgan. Hozir esa tiklanib bo‘lgan va katta ehtimol bilan keyingi o‘yinda yana maydonga qaytadi.
Avvalroq matbuotda turk klubi Spartakning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsum ko‘rsatkichlari: 12 ta o‘yin va 2 ta gol. Futbolchining Antalyaspor bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing