Qamchiq dovonida xavfli hodisa: “Volga” soyga tushib ketdi

1 daqiqa o'qish195
Qamchiq dovonida xavfli hodisa: “Volga” soyga tushib ketdi

“Qamchiq” dovonida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlib, yengil avtomobil soyga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, 26 aprel kuni A-373 avtomobil yoʻlining dovon qismida “Vodiy–Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Volga” rusumli mashina haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotgan. Oqibatda transport vositasi yoʻl chetidan chiqib ketib, pastda joylashgan soyga qulab tushgan.

Hodisa yuzasidan “112” yagona qoʻngʻiroq tizimi orqali “Qamchiq” maxsus qutqaruv boʻlimiga xabar berilgan. Qisqa vaqt ichida qutqaruvchilar hodisa joyiga yetib borgan.

Qutqaruv amaliyoti davomida avtomobil ichida boʻlgan ikki nafar fuqaro olib chiqilib, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Keyinchalik jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Shuningdek, maxsus texnika yordamida soyga tushib ketgan avtomobil ham xavfsiz hududga chiqarilgan. Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?