Oʻzbekiston Superligasida qiziq tur: derbilar va intriga kutilmoqda

1 daqiqa o'qish1.7K
Oʻzbekiston Superligasida qiziq tur: derbilar va intriga kutilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekiston Superligasining 10-turi qiziqarli derbi va prinsipial to‘qnashuvlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.
  • Turning markaziy o‘yinlari sifatida "Paxtakor" – "Nasaf" qarama-qarshiligi hamda "Neftchi" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘rtasidagi Farg‘ona derbisini alohida ta’kidlash lozim.
  • Shuningdek, murabbiyi almashgan "Mash’al"ning "Buxoro"ga qarshi bahsi va "Bunyodkor" – "Navbahor" uchrashuvi ham muxlislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
  • Mazkur turdagi har bir o‘yin turnir jadvalidagi o‘rinlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, murosasiz kurash va kutilmagan natijalarni va’da qilmoqda.

Oʻzbekiston Superligasida 10-tur start olmoqda va bu galgi tur muxlislar uchun haqiqiy futbol bayramiga aylanishi kutilmoqda. Bir qator derbilar, prinsipial toʻqnashuvlar va kutilmagan natijalar ehtimoli — hammasi bor. Demak, bu turni oʻtkazib yuborish — oʻzingga qarshi ishlash bilan teng.

27 aprel kuni dastlabki oʻyinlarda «OKMK» va «Lokomotiv» oʻzaro kuch sinashadi. Mirjalol Qosimov shogirdlari mavsumni qiyin boshlagan boʻlsa-da, soʻnggi turlarda oʻzini tiklab oldi — 4 oʻyindan beri magʻlubiyat yoʻq. «Loko» esa raqibidan ikki ochko ustun. Toshkent derbisi har doim kutilmagan ssenariyga boy boʻladi.

Shu kuni «Mashʼal» — «Buxoro» bahsi ham diqqat markazida. 9 turdan beri yutqazayotgan muborakliklar nihoyat murabbiyni almashtirdi. Endi jamoani Eldor Sakayev boshqaradi. Yangi nafas bera oladimi yoki seriya davom etadimi — asosiy savol shu.

28 aprel kuni «Andijon» oʻz maydonida «Dinamo»ni qabul qiladi. «Burgutlar»da oʻyin asta-sekin joyiga tushmoqda, natijalar ham yaxshilanmoqda. «Dinamo» esa hali barqarorlikni topa olgani yoʻq. «Bobur arena»dagi atmosfera esa alohida shou boʻlishi aniq.

«Soʻgʻdiyona» — «Surxon» qarama-qarshiligida esa ehtiyotkor futbol kutish mumkin. Jizzaxliklar himoyada muammolarga ega, ammo har bir ochko ular uchun oltinga teng.

Turning markaziy oʻyini — «Paxtakor» va «Nasaf» toʻqnashuvi. «Ajdarlar»da yetakchilar ketishi taʼsir qilmoqda, «sherlar» esa oʻz uslubida barqaror. Sobiq «nasaf»chilarning yangi jamoasi tarkibida “Ajdarlar”ga qarshi oʻyini alohida intriga qoʻshadi.

29 aprel kuni Fargʻona derbisi — «Neftchi» va «Qoʻqon-1912» oʻrtasidagi bahs ham katta qiziqish uygʻotadi. Bu oʻyinda favorit — maydon egalari, lekin derbida logika har doim ham ishlamaydi.

«Qizilqum» — «Xorazm» uchrashuvi esa mutlaqo teng raqiblar oʻyini. Har ikki jamoa 12 ochkodan jamgʻargan — demak, har qanday natija real.

Turni «Bunyodkor» — «Navbahor» bahsi yakunlaydi. Moliyaviy muammolarga qaramay, «qaldirgʻochlar» kurashmoqda. Ammo «Navbahor» — jiddiy raqib. Bu oʻyinda hujumlar va emotsiyalar yetarli boʻlishi aniq.

Qisqacha aytganda, bu tur — drayv, derbi va dramalar miksi. Futbol bor joyda syurpriz bor. Demak, ekrandan uzoqlashmang.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?