Samarqandda mast haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib, toʻxtab turgan avtomobilni parchalab yubordi

1 daqiqa o'qish2.1K
Samarqandda mast haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib, toʻxtab turgan avtomobilni parchalab yubordi

Samarqandda mast haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib, toʻxtab turgan avtomobilni parchalab yubordi

Samarqand viloyatida jiddiy yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlib, ikki avtomobil ishtirokidagi toʻqnashuv oqibatida fuqarolar jarohat oldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakat xavfsizligi boshqarmasi maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, voqea Jomboy tumanidagi ichki yoʻllardan birida yuz bergan. Videotasvirlarda koʻrinishicha, Gentra rusumli avtomobil yuqori tezlikda harakatlanib kelib, yoʻl chetida toʻxtab turgan boshqa bir Gentra’ning orqa qismiga qattiq zarba bilan urilgan. Oqibatda toʻxtab turgan mashina va uning yonida boʻlgan haydovchi kuchli zarba taʼsirida bir necha metrga “uchib” ketgan.

Eʼtiborli jihati, hodisa vaqtida yoʻl chetida ikki nafar bola oʻynab yurgan boʻlib, ulardan biri kelayotgan avtomobillardan soʻnggi lahzada chetlab oʻtishga ulgurgan.

YTH natijasida har ikki avtomobil haydovchilari turli darajada jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Tezlik bilan harakatlangan haydovchi oʻz koʻrsatmasida taxminan 90 km/soat tezlikda va mast holda boshqaruvda boʻlganini tan olgan.

Holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Huquqbuzar haydovchiga nisbatan qonuniy choralar koʻrilishi, jumladan, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi kutilmoqda.

Soʻnggi vaqtlarda hududlarda bunday yoʻl hodisalari soni oshib borayotgani xavotir uygʻotmoqda. Mutaxassislar haydovchilarni yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishga, ayniqsa tezlik va mast holda rulga oʻtirish kabi holatlardan tiyilishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?