date

Jek Grilish Manchesterdagi barlardan birida uxlab qolgan holda topildi

Jek Grilish Manchesterdagi barlardan birida uxlab qolgan holda topildi

Angliya terma jamoasi va "Man Siti" yarim himoyachisi Jek Grilish Manchesterdagi barlardan birida noxush holatda ko'rinish berdi. Jarohati sababli maydonga tushmayotgan futbolchi do'stlari bilan o'tkazilgan bazm vaqtida stulda uxlab qolgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda "Everton" klubida ijara asosida to'p surayotgan 30 yoshli futbolchi yanvar oyida oyog'idan jarohat olgan edi. Jarrohlik amaliyotini o'tagan Grilish joriy mavsumda boshqa maydonga tusholmaydi va 2026-yilgi Jahon chempionatini ham o'tkazib yuboradi.


Guvohlarning so'zlariga ko'ra, futbolchi spirtli ichimliklar ta'sirida o'zini nazorat qila olmay qolgan. Do'stlari uni uyg'otishga harakat qilishgan, biroq Grilish stulda behush holatda yotishda davom etgan.

Bu holat aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Grilish avval ham bir necha bor tungi klublardagi bazmlari va tartibsiz turmush tarzi bilan tanilgan edi. Xususan, u 2023-yilda "Man Siti" bilan trebl qayd etilganidan so'ng bir necha kun davom etgan shov-shuvli bayram tadbirlari markazida bo'lgan.

Futbolchining kelajagi hozircha so'roq ostida qolmoqda. "Everton" uni 50 million funtga sotib olish huquqiga ega, biroq klub narxni pasaytirishni ko'zlamoqda.

Shuningdek, unga Saudiya Arabistoni va AQSh klublaridan qiziqishlar borligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jek Grilish Manchesterdagi barlardan birida uxlab qolgan holda topildi