date

Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi

Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi

Hujumchi Sadio Mane yaqin vaqt ichida "Al-Nasr" safini tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabia xabariga ko‘ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Mane bilan amaldagi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Sadio Mane 2023 yilda "Bavariya"dan "Al-Nasr"ga 30 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali hujumchini 7 million yevroga baholamoqda.

Hozirda "Al-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi