date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning «Yuventus»i va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga yoʻl oldi. U avvalroq «River Pleyt» safida ham toʻp surib, klub bilan Argentina futbolining ikkinchi divizionida chempionlikni qoʻlga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, balki boshqaruv tizimiga qaytmoqda: u «River Pleyt» rahbariyati tarkibiga qoʻshiladi. Klub sobiq futbolchini butun rahbariyat ishtirokida taqdimot marosimi orqali tanishtirdi.

Trezening klubdagi aniq lavozimi ochiqlanmagan, biroq u strategik masalalar bilan shugʻullanishi va «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillik qilishi maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi