date

Karpin Golovinga bergan maslahatlarini hazil deb atadi

Karpin Golovinga bergan maslahatlarini hazil deb atadi

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin «Real»ga qarshi o'yin oldidan undan maslahat olgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, 20-yanvar kuni «Monako» Chempionlar ligasida Madridda «Real»ga 1:6 hisobida mag'lub bo'lgan. Uchrashuv arafasida Karpin rossiyalik futbolchi bilan tushgan suratini joylab, Golovinga bir nechta «maslahat» berganini aytgandi.

Karpinning ta'kidlashicha, u aytgan «maslahatlar» jiddiy ko'rsatma emas, ko'proq hazil va kinoyadan iborat bo'lgan. «Golovinning o'yinini stadionda ko'rdim, afsuski, natija omadsiz bo'ldi. Maslahatlarim — hazil va istehzo. Men unga nima ham dey olardim? Buning uchun murabbiy bor», — deydi Karpin.

Golovin joriy mavsumda Fransiya 1-ligasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karpin Golovinga bergan maslahatlarini hazil deb atadi