date

Arbeloa Mourinyu boshqaruvidagi Benfika bilan o'yinni kutmoqda

Arbeloa Mourinyu boshqaruvidagi Benfika bilan o'yinni kutmoqda

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahs Lissabonda umumiy bosqichning so'nggi turi doirasida 28 yanvar, chorshanba kuni bo'lib o'tadi (Toshkent vaqti bilan). «Burgutlar»ni hozir Joze Mourinyu boshqarmoqda, u yaqinda yana «Real»ga qaytishi mumkinligi haqida ham tilga olingandi.

«Maqsadimiz — kuchli sakkizlikda yakunlash. «Benfika» stadioni biz, madridchilar uchun doimo alohida ahamiyatga ega bo'lib qoladi», — deya Arbeloaning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Eslatib o'tamiz, 2014 yil may oyida Portugaliya poytaxtidagi «Eshhtadiu da Lush» arenasida «Real» Chempionlar ligasini o'ninchi bor qo'lga kiritib, finalda «Atletiko»ni 4:1 hisobida mag'lub etgandi. Hozirgi murabbiy Arbeloa o'sha paytda jamoa himoyachisi sifatida maydonga tushmay, zaxirada qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Mourinyu boshqaruvidagi Benfika bilan o'yinni kutmoqda