Olise «Bavariya» jamoasining chempionlik tantanasida maxsus futbolkani kiyishdan bosh tortdi

«Bavariya» jamoasi Bundersliganing 35-chempionligini qo'lga kiritgandan so'ng, fransiyalik yarim himoyachi Maykl Olis maxsus chempionlik futbolkasini kiyishdan bosh tortdi. U bayram tadbirlarida o'yin libosida qolishni afzal ko'rdi va jamoaviy suratlarda deyarli ko'rinmadi. Olisning bu harakatlari muxlislar orasida turli munozaralarga sabab bo'ldi, va klub rahbariyati uning sabablari haqida hozircha izoh bermadi.
«Bavariya» jamoasi Bundesliganing 35-chempionligini qoʻlga kiritganidan soʻng, fransiyalik yarim himoyachi Maykl Olisening xatti-harakatlari muxlislar orasida turli muhokamalarga sabab boʻldi. Myunxenliklar «Shtutgart» ustidan 4:2 hisobida gʻalaba qozonib, titulni rasmiylashtirgan tunda futbolchi oʻzini gʻalati tutgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Olise «Alyans Arena» maydonida maxsus chempionlik futbolkasini kiyishdan bosh tortgan yagona futbolchi boʻldi. U bayram tadbirlari davomida oʻyin libosida qolishni afzal koʻrdi va jamoaviy suratlarda deyarli koʻrinish bermadi.
Shuningdek, u «Janubiy tribuna» oldidagi umumiy suratga tushish jarayonida ham ishtirok etmadi.
Klub rahbariyati 24 yoshli futbolchining nima sababdan anʼanaviy marosimlarni oʻtkazib yuborganiga hozircha izoh bermadi. Taʼkidlash joizki, Olise oʻtgan mavsumdagi chempionlik bayramida ham jamoadoshlari bilan quvonish oʻrniga, telefonda shaxmat oʻynab oʻtirgani bilan yodda qolgan edi.
Jamoa himoyachisi Jonatan Ta futbolchining bu xatti-harakatlarini uning ommaga nisbatan sovuqqonligi bilan izohladi. Tanining soʻzlariga koʻra, Olise hayotda juda kirishimli va jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi guruhida asosiy yetakchi hisoblanadi.






























Izohlar 0
…