date

Augsburg muxlislari Keynni hazilomuz tarzda tilga oldi

Augsburg muxlislari Keynni hazilomuz tarzda tilga oldi

Germaniyaning «Augsburg» jamoasi Myunxenning «Bavariya» klubini mag‘lub etib, raqibiga joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim qildi. Bu natija «Augsburg» muxlislari uchun alohida quvonch bo‘ldi, chunki uchrashuvda «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn kutilgan darajada o‘ynay olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ingliz forvardi sust o‘yini sabab muxlislarning yengil kulgili kinoyalariga nishon bo‘ldi. Xususan, «Augsburg» tarafdorlari chatlaridan birida qiziqarli suhbat kuzatildi.

«Qachon kelasiz?» — deb do‘stidan so‘radi muxlislardan biri.

«Bilmayman, o‘zimni darvoza oldidagi o‘sha yigitdek his qilyapman — umuman hech narsa qilolmayapman», — deya javob berdi u va xabariga Keynning suratini ilova qildi.

Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yildan beri «Bavariya» safida to‘p surmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Augsburg muxlislari Keynni hazilomuz tarzda tilga oldi