date

David Trezege River Pleyt rahbariyatida faoliyat boshladi

David Trezege River Pleyt rahbariyatida faoliyat boshladi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresdagi «River Pleyt» safida ham to‘p surgan, hatto klub bilan Argentina ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezege «River Pleyt»ga futbolchi sifatida emas, balki klub boshqaruvida ishlash uchun kelmoqda. Uning aniq lavozimi rasman ochiqlanmagan bo‘lsa-da, klub uni to‘liq rahbariyat ishtirokida tantanali tarzda tanishtirdi.

Taqdimot marosimida Trezegening strategik yo‘nalishlar bo‘yicha ishlashi va «River Pleyt»ni institutsional darajada, ya’ni rasmiy hamda tashkilotlararo maydonda vakillashi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege River Pleyt rahbariyatida faoliyat boshladi