Xomanaiy: Eron Fors ko‘rfazi ustidan nazoratni kuchaytiradi

Homoniy: Eron Fors ko'rfazida nazoratni kuchaytiradi Eron Oliy rahbari Mujtoba Homoniy, mamlakatning Hormuz bo'g'zi va Fors ko'rfazidagi ta'sirini saqlab qolish niyatida ekanligini bildirdi. U, Tahrondan tashqi kuchlar ishtirokisiz, mintaqada dengiz xavfsizligini ta'minlash imkoniyatiga ega ekanini ta'kidladi. Homoniy, Eron o'z imkoniyatlariga tayangan holda, Fors ko'rfazida barqarorlikni mustahkamlash va dushmanlarning salbiy harakatlariga chek qo'yish mumkinligini aytdi.
Eron Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy mamlakat Hormuz bo‘g‘ozi va Fors ko‘rfazi hududida o‘z ta’sirini saqlab qolish va mustahkamlash niyatida ekanini bildirdi.
U ushbu bayonotni 30 aprel kuni Fors ko‘rfazi kuni munosabati bilan yo‘llagan murojaatida ma’lum qilgan. Xomanaiyga ko‘ra, Tehron mintaqada dengiz xavfsizligini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatiga ega va bu borada tashqi kuchlar ishtirokiga ehtiyoj sezmaydi.
“Eron o‘zining amaliy imkoniyatlariga tayanib, Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni ta’minlay oladi. Bu orqali Fors ko‘rfazi mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash va dushmanlarning salbiy harakatlariga chek qo‘yish mumkin”, — deya ta’kidlagan u.
Shuningdek, u AQSH ishtirokisiz ham mintaqa xavfsizligini ta’minlash mumkinligini qayd etib, bunday sharoitda Fors ko‘rfazini “yanada barqaror va istiqbolli kelajak” kutayotganini bildirgan.






























Izohlar 0
…