Djikiya agenti himoyachi kelajagi borasida izoh berdi

"Antalyaspor" himoyachisi Georgiy Djikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiyaning holati yaxshi va jamoa unga ishonmoqda. So‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmagani esa mikrojohat bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa to‘liq tiklangan va keyingi uchrashuvda o‘ynashi kutilmoqda.
Avvalroq OAVda turk klubi "Spartak"ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi. Uning "Antalyaspor" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing