Jikiya agenti himoyachining Antalyaspor'dagi kelajagini izohladi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning ahvoli yaxshi va klub unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani mikrojaroqat bilan bog‘liq bo‘lgan, hozir esa tiklanib ulgurgan. Kuzmichyov fikricha, rossiyalik futbolchi keyingi o‘yinda yana tarkibda bo‘ladi.
Avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya Turkiya chempionatining joriy mavsumida 12 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing