Augsburg muxlislari Keynni hazil bilan nishonga oldi

Germaniyaning «Augsburg» klubi Myunxenning «Bavariya»sini mag‘lub etib, raqibiga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi. Bu natija «Augsburg» muxlislari uchun ayni muddao bo‘ldi, chunki uchrashuvda Garri Keyn kutilgan darajada o‘ynay olmadi va maydonda unchalik sezilmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bois ingliz hujumchisi «Augsburg» ishqibozlari orasida yengilgina, bezarar kinoyalar markaziga aylandi. Xususan, klub muxlislari chatlaridan birida shunday suhbat bo‘lib o‘tdi.
«Qachon kelasiz?» — deb do‘stidan so‘radi muxlislardan biri.
«Bilmayman, o‘zimni darvoza oldidagi o‘sha yigitdek his qilyapman — umuman yo‘qman», — deya javob qaytarildi va xabarga Keynning surati ilova qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yildan buyon «Bavariya» safida to‘p surib keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!