Jikiya agenti himoyachining Antalyasporni tark etishi haqida gapirdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyaning agenti Vladimir Kuzmichyov futbolchining kelajagi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiyaning holati yaxshi va klub unga ishonmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmaganiga sabab mikrojaroqat bo‘lib, hozir tiklanib olgan va keyingi o‘yinda yana o‘ynashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Jikiya bu mavsum Turkiya chempionatida 12 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol urdi. Uning «Antalyaspor» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing