date

Lincoln Mourinyoni tanqid qildi u va'dasida turmadi

Lincoln Mourinyoni tanqid qildi u va'dasida turmadi

“Fenerbahche”ning sobiq futbolchisi Linkoln Zhoze Mourinyo haqida keskin fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis Istanbul klubini 2024–2025 yillarda boshqargan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Linkolnning aytishicha, Mourinyo unga bergan va'dasini bajarmagan va shaxsiy munosabatda hurmatsizlik ko'rsatgan. “U juda ko'p yutuqlarga erishgan, buni hech kim inkor etmaydi. Ammo men uchun hayotda xarakter sovrinlardan muhimroq. Mourinyo meni hayratda qoldirdi”, — dedi futbolchi.

Uning ta'kidlashicha, “Hull Siti”ga ijara asosida ketishidan oldin Mourinyo u bilan gaplashib, yozgi yig'inga Portugaliyaga chaqirishini bildirgan. Mavsum yakunlangach Linkoln yig'inga taklif kutgan, biroq murabbiy bilan bog'lanishga uringanda Mourinyo suhbatdan bosh tortib, sport direktoriga murojaat qilishni aytgan.

“Jamoa Portugaliyada edi, men ham Portugaliyada uyimda edim. Shunga qaramay, Mourinyo meni Istanbulga jo'natib, alohida shug'ullanishimni buyurdi. Bu adolatsizlik va hurmatsizlik bo'ldi. Ko'plab o'yinlarda hatto o'zimning pozitsiyamda bo'lmasam ham klubga yordam berish uchun borimni berganman”, — deya qo'shimcha qildi u Fanatik nashriga.

Linkoln og'ir jarohatdan keyin klubdan ko'mak kutganini, biroq bunday qo'llab-quvvatlovni his qilmaganini ham aytdi. “Men boshqalar kabi mashhur emasman, lekin maydonda doim oxirigacha kurashganman”, — dedi u.

Hozirda Zhoze Mourinyo “Benfika”ni boshqarmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lincoln Mourinyoni tanqid qildi u va'dasida turmadi