date

Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi

Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi

Hujumchi Sadio Mane yaqin vaqt ichida «Al-Nasr»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabia xabariga ko‘ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish niyatida emas. Mane bilan amaldagi kelishuv 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Sadio Mane 2023 yilda «Bavariya»dan «Al-Nasr»ga 30 million yevro evaziga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 7 million yevroga baholamoqda.

Hozirda «Al-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak masalasini hal qildi