Al-Nasr Sadio Mane bilan kelajak borasida qaror qildi

Al-Nasr hujumchisi Sadio Mane klubni tark etishga yaqin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
365Scores Arabia xabariga ko'ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmaslikka qaror qilgan. Hozirgi bitim esa 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Mane 2023 yilda Bavariyadan Al-Nasr safiga 30 million yevro evaziga kelib qo'shilgan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 17 uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali hujumchini 7 million yevroga baholamoqda.
Ayni paytda Al-Nasr Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 37 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing