date

Eberl Musialaga maydonda ko'proq daqiqa kerak dedi

Eberl Musialaga maydonda ko'proq daqiqa kerak dedi

"Bavariya" sport direktori Maks Eberl "Augsburg"ga qarshi uchrashuvdan (1:2) keyin yarim himoyachi Jamal Musialaning o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eberlning aytishicha, juda yuqori darajadagi chempionatga qaytish oson emas: bu safar Musiala atigi 30 daqiqa o'ynadi va endi asta-sekin formaga kirib bormoqda. Mutasaddining ta'kidlashicha, unga maydonda ko'proq vaqt kerak, jarima maydonchasi ichida ikki-uchta imkoniyat ham bo'ldi. To'qqiz oylik tanaffusdan keyin maydonda tez va to'g'ri qaror qabul qilish qiyin kechayotgani sezilmoqda.

Bundesliganing joriy mavsumida Musiala ikki o'yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifiga aylangan.

"Bavariya" navbatdagi bahsini 28 yanvar kuni PSVga qarshi o'tkazadi. Chempionlar Ligasi 8-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eberl Musialaga maydonda ko'proq daqiqa kerak dedi