Bavariya Upamekano bo'yicha qarorni kutmoqda

"Bavariya" sport direktori Maks Eberl himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi borasida fikr bildirdi. 27 yoshli fransuz futbolchining Myunxen klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunigacha mo'ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan iqtibosga ko'ra, Eberl: "Biz Upamekanodan javob kutyapmiz", — dedi.
Avvalroq OAVda "Bavariya" yangi shartnoma bo'yicha Upamekanoga berilgan taklifni yaxshilash niyatida emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Upamekano "Bavariya" safida jami 176 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va jamoadoshlariga 11 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing