Spalletti Juventus hujumchisini begona sayyoralikka qiyosladi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti yana bir bor hujumchi Kenan Yildizning o'yinidan hayratda ekanini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
20 yoshli futbolchi A Seriyaning 22-turida "Napoli" ustidan yirik 3:0 hisobidagi g'alabaga katta hissa qo'shib, uchrashuvda gol muallifiga aylandi.
Spallettining so'zlariga ko'ra, Yildiz oddiy futbolchi emas: u go'yo "begona sayyoralik" kabi o'ynaydi va ba'zan ataylab xato qiladi — shunchaki odamlarga o'xshab ko'rinish uchun.
Joriy mavsum A Seriyada turkiyalik yosh yulduz 21 o'yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.
Turnir jadvalida "Yuventus" 42 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda, "Napoli" esa 43 ochko bilan 4-pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing