date

Bavariya Keynning kelajagi borasida pozitsiyasini bildirdi

Bavariya Keynning kelajagi borasida pozitsiyasini bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubida sport direktori Maks Eberl hujumchi Garri Keynning kelajagi yuzasidan savollarga javob berdi. Klub rahbari ingliz forvardi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muloqot ketayotganini tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Biz Garri bilan muzokara olib boryapmiz», — deya Eberlning so‘zlarini Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi. Manbaga ko‘ra, yangi kelishuv 2028 yoki 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallanishi mumkin.

Jurnalistning ta’kidlashicha, Keyn shartnomani uzaytirishga ijobiy qarayapti va transfer haqida o‘ylamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn «Bavariya» safiga 2023 yil yozida kelib qo‘shilgan. Shu paytgacha u rasmiy turnirlarda 126 ta uchrashuv o‘tkazib, 119 ta gol urdi va 30 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Keynning kelajagi borasida pozitsiyasini bildirdi