date

Barselona chap qanot himoyachisi transferini kelishib oldi

Barselona chap qanot himoyachisi transferini kelishib oldi

“Barselona” chap qanot himoyachisini tarkibga qo‘shish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” urugvaylik Patrisio Pasifikoni safiga qo‘shadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchini “Defensor Sporting”dan ijaraga oladi. Shartnomada 1,8 million yevro va bonuslar evaziga sotib olish opsiyasi belgilanishi ko‘zda tutilgan. Ayrim shartlar bajarilsa, bu opsiya majburiy bandga aylanishi ham mumkin.

Qayd etilishicha, Patrisio Pasifiko dastlab “Barselona B” — klubning ikkinchi jamoasi safida o‘yin amaliyotini boshlaydi.

“Barselona” asosiy jamoasining navbatdagi uchrashuvi 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi — Chempionlar ligasida “Kopengagen”ga qarshi bahs.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona chap qanot himoyachisi transferini kelishib oldi