date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasi sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surib, jamoa bilan mamlakatning ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endilikda Trezege Buenos-Ayresdagi klubga maydonga emas, boshqaruv yo‘nalishida qo‘shilmoqda. “River Pleyt” uni butun rahbariyat ishtirokida taqdim etdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha rasman ochiqlanmadi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, fransuz mutaxassis strategik masalalar bilan shug‘ullanadi va “River Pleyt”ni institutsional darajada ham namoyon etadi.

Eslatib o‘tamiz, David Trezege futbolchilik faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi