date

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi

Turinning «Yuventus» klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq Buenos-Ayresning «River Pleyt» safida to‘p surib, hatto klub bilan Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni ham qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu safar Trezege maydonga emas, klub boshqaruv tizimiga kelmoqda. «River Pleyt» uni rahbariyat ishtirokidagi taqdimot marosimi orqali tanishtirdi, biroq uning aniq lavozimi hozircha ochiqlanmadi.

Shu bilan birga, tadbirda Trezege klubning strategik yo‘nalishlari bo‘yicha ishlashi hamda «River Pleyt»ni institutsional darajada vakillashi aytib o‘tildi. Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi 2015 yilda professional faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Trezege Buenos-Ayresda River Pleytga rahbar sifatida qaytdi