date

Bavariya Keynning kelajagi bo‘yicha aniq pozitsiyasini bildirdi

Bavariya Keynning kelajagi bo‘yicha aniq pozitsiyasini bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl hujumchi Garri Keynning kelajagi haqida fikr bildirdi. Klub vakili ingliz futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Biz Garri bilan muzokara qilyapmiz», — deya Eberl so‘zlarini nemis Sky jurnalisti Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 2028 yoki 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi kelishuv variantini ko‘rib chiqmoqda. Keyn shartnomani uzaytirishga ijobiy qaramoqda va transfer haqida o‘ylamayapti.

Garri Keyn «Bavariya» safiga 2023 yil yozida kelib qo‘shilgandi. O‘shandan beri u rasmiy turnirlarda 126 ta uchrashuvda maydonga tushib, 119 ta gol urdi va 30 ta golli pas muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Keynning kelajagi bo‘yicha aniq pozitsiyasini bildirdi