Florensi Roma va Milan durangini tahlil qildi

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi va "Milan"ning ex o'yinchisi Alessandro Florensi "Roma" hamda "Milan" o'rtasidagi durangdan so'ng uchrashuv haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Florensining aytishicha, birinchi bo'limda "Roma" raqibni ancha siquv ostida ushlab, juda xavfli o'yin ko'rsatgan, biroq hisobni ochishga imkon topa olmagan. U bu epizodlarda Mayk Menyan yuqori darajada harakat qilganini alohida ta'kidladi. Ikkinchi bo'limda esa "Milan"ga gol urish uchun ko'p imkon ham kerak emasligi yana bir bor ko'ringani qayd etildi.
Skudettoning taqdiri haqida gapirar ekan, Florensi hozircha chempionlik poygasi masalasi deyarli ravshan ko'rinayotganini, asosiy kurash ko'proq ikkinchi o'rin uchun ketayotgani haqida fikr bildirdi. Eslatib o'tamiz, A Seriya jadvalida "Inter" "Milan"dan 5 ochkoga oldinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!