date

"Yuventus" klubi "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni transfer qilmoqchi

"Yuventus" klubi "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni transfer qilmoqchi

"Yuventus" yozgi transferlar oynasida "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Turin klubi ushbu transfer orqali jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Grinvud Fransiyadagi faoliyati davomida ajoyib natijalar qayd etdi. U so'nggi ikki mavsumda 64 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol urishga erishdi.

Joriy mavsumda esa 29 ta uchrashuvda 15 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.

"Marsel" ayni paytda chempionatda oltinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasa, moliyaviy holatini yaxshilash uchun yetakchi futbolchisini sotishga majbur bo'lishi mumkin.

Turinliklar Grinvud transferini moliyalashtirish uchun Fransishku Konseysauni sotishi kutilmoqda. Portugaliyalik vingerga Angliyaning "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirmoqda.

"Yuventus" Konseysau uchun jami 39 million yevro sarflagan edi. Endilikda klub uni 50 million yevroga sotishni va tushgan mablag'ni to'lig'icha Grinvud transferiga yo'naltirishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" klubi "Marsel" hujumchisi Meyson Grinvudni transfer qilmoqchi