date

"Redmi Watch 6" aqlli soatlari global bozorga chiqdi

"Redmi Watch 6" aqlli soatlari global bozorga chiqdi

Xitoydagi relizdan yarim yil o'tib, "Redmi Watch 6" va "Redmi Watch 6 NFC" aqlli soatlari global bozorga chiqmoqda. Qurilmalar kompaniyaning rasmiy sayti global versiyasida paydo bo'ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bu "Xiaomi" kompaniyasi "Redmi Watch 5" modelini bir nechta bozorlarda almashtirishni rejalashtirayotganini ko'rsatadi.

Ikkala versiya ham qora va kumush ranglarda taklif etiladi. Oddiy versiyada ko'k rang varianti ham mavjud bo'lib, u NFC versiyasida bo'lmaydi.

Soat korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan.

Akkumulyator sig'imi 550 mA/soatni tashkil etadi. "Xiaomi" ma'lumotlariga ko'ra, to'liq quvvat 24 kunlik avtonom ishlashga yetadi.

Qurilmalar GPS va Bluetooth 5.4 texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi.

Soat 2,07 dyuymli AMOLED displeyga ega bo'lib, uning o'lchamlari 432x514 pikselni tashkil qiladi. Ekran yangilanish tezligi 60 Gs va yorqinligi 2000 nitgacha yetadi.

Dasturiy ta'minot sifatida HyperOS 3 ishlatiladi va sport bilan shug'ullanuvchilar uchun 150 dan ortiq mashg'ulot rejimi mavjud. Sotuvga chiqish sanasi va narxlar hozircha ma'lum qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » "Redmi Watch 6" aqlli soatlari global bozorga chiqdi