Olimlar sun'iy oy tuprog'ida ilk bor no'xat o'stirdi

1 daqiqa o'qish200
Olimlar sun'iy oy tuprog'ida ilk bor no'xat o'stirdi

NASA 2030-yillarda Oyga kosmonavtlarni yuborishni rejalashtirmoqda. Shu sababli, kosmik stansiyalarda oziq-ovqat yetishtirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Ostindagi Texas universiteti olimlari sun'iy oy tuprog'ida no'xat o'stirish imkoniyatini namoyish qildi.

Oy tuprog'i, ya'ni regolit o'simliklar uchun juda noqulay muhit hisoblanadi. Unda organik moddalar yo'q va zaharli og'ir metallar mavjud.

Tadqiqotchilar bu muammoni hal qilish uchun tuproqqa chuvalchang o'g'iti va maxsus zamburug'larni qo'shdi.

Tajribalar shuni ko'rsatdiki, 75 foizgacha regolit bo'lgan aralashmada no'xat hosilini olish mumkin. Zamburug'lar o'simliklarga ozuqa moddalarini o'zlashtirishga yordam beradi va og'ir metallar ta'sirini kamaytiradi.

Hozirgi vaqtda olimlar yetishtirilgan hosilning xavfsizligini o'rganmoqda. Agar natijalar ijobiy bo'lsa, kelajakda kosmonavtlar oy tuprog'ida o'z oziq-ovqatlarini yetishtirishi mumkin bo'ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?