Volkswagen yangi ID. Polo elektromobilini 25 ming yevroga baholadi

1 daqiqa o'qish320
Volkswagen yangi ID. Polo elektromobilini 25 ming yevroga baholadi

Volkswagen kompaniyasi Yevropa bozori uchun yangi va hamyonbop ID. Polo avtomobilini taqdim etdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Bu model avvalgi an'anaviy Polo avtomobillaridan butunlay farq qiladi, chunki u to'liq elektromobil hisoblanadi.

Volkswagen yangi ID. Polo elektromobilini 25 ming yevroga baholadi

ID. Polo modelining tayanch versiyasi 37 kVt/soat sig'imli batareya va 114 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan.

Ushbu variant asosan shahar ichida kundalik qatnovlar uchun mo'ljallangan. Quvvatni 10 foizdan 80 foizgacha to'ldirish taxminan 27 daqiqa vaqt oladi.

Uning narxi 24 995 yevroni tashkil etadi.

Qimmatroq modifikatsiya esa 52 kVt/soat sig'imli batareya hamda 211 ot kuchiga ega dvigatelni o'z ichiga oladi. Bunday elektromobil WLTP sikli bo'yicha 454 kilometrgacha masofani bosib o'tish imkonini beradi.

Ushbu versiyaning narxi 33 795 yevro etib belgilangan.

Volkswagen xaridorlar talabini inobatga olib, sensorli boshqaruvdan qisman voz kechdi. Yangi ID.

Polo modelida iqlim nazorati, avariya ishorasi va derazalarni boshqarish uchun jismoniy tugmalar qaytarildi. Bu qadam foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?