date

Aleksandre Pato Angliyada klub sotib olish bo'yicha muzokara qilmoqda

Aleksandre Pato Angliyada klub sotib olish bo'yicha muzokara qilmoqda

“Milan”ning sobiq hujumchisi Aleksandre Pato yaqin orada futbolga qaytishi mumkin, biroq bu safar maydonda emas. Braziliyalik futbolchi Angliyaning “Kolchester” klubida nazorat paketi aksiyalarini sotib olish masalasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozirda “Kolchester” League Two — Angliya futbolidagi kuch bo'yicha to'rtinchi divizionda ishtirok etadi. Klub rahbariyati Pato bilan aloqalar borligini tasdiqlagan, futbolchining o'zi ham so'nggi paytlarda jamoa o'yinlarini stadionda tez-tez kuzatayotgani aytilmoqda.

Danni Kouli boshqaruvidagi jamoa so'nggi haftalarda ijobiy o'sish ko'rsatib, League One yo'llanmasi uchun kurashga jiddiy qo'shildi. Pato kabi taniqli va xarizmatik shaxsning paydo bo'lishi esa klubga media e'tiborini oshirishda muhim turtki berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandre Pato Angliyada klub sotib olish bo'yicha muzokara qilmoqda