Endrik xet-trikdan keyin o'yin haqida fikr bildirdi

«Lion» hujumchisi Endrik Fransiya Ligasining 19-turida «Metts»ga qarshi o'yindagi yorqin chiqishidan so'ng bayonot berdi. Uchrashuvda braziliyalik futbolchi uch bor raqib darvozasini ishg'ol qildi, jamoasi esa 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Endrikning so'zlariga ko'ra, bu o'yin uzoq vaqt yodida qoladi. U mazkur chempionatda to'p surishdan zavqlanayotganini, shuningdek «Lion»ning darajasi yuqoriligi va jamoa kuchli ekanini avvaldan bilganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli braziliyalik futbolchi hozir «tqachlar» safida ijara asosida o'ynamoqda. Endrikning to'liq shartnomasi esa Madridning «Real» klubiga tegishli.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing